Asosiy
Kassa, ombor, kirim, trade-in, nasiya, filiallar, hisobotlar, SMS, Telegram va sotuvchi ilovasi.
Shu tarifni tanlashTelefon do'konlari uchun tizim: kassa, ombor, trade-in, nasiya, filiallar va Telegram'ga hisobot. Brauzerda ishlaydi, hech narsa o'rnatish shart emas.
Oyiga 250 000 so'mdan. To'lov Payme yoki Click orqali.
Ertalab smena ochilgandan kechasi zaxira nusxagacha tizim nima qilishini ko'ring.
Sotuvchi kassadagi pulni sanaydi, tizim uni kechagi qoldiq bilan solishtiradi.
Yetkazib beruvchidan 12 ta iPhone keldi: IMEI'lar skaner bilan o'qiladi, har biriga etiketka chiqadi.
Mijoz eski telefonini trade-in qiladi, qolganini Uzum Nasiya orqali to'laydi. Chek SMS bilan boradi.
Malika'dagi do'konga 3 ta telefon jo'natiladi. Qabul qilinmaguncha ular yo'lda turadi va sotilmaydi.
Egasining Telegramiga kunlik hisobot: tushum, foyda, to'lov turlari va kassadagi farq.
Butun baza nusxasi egasining Telegramiga yuboriladi. Har kecha, avtomatik.
Sotuvchi vitrina oldida telefonni kamera bilan skanerlaydi va narx, IMEI, kafolatni darhol ko'radi. Kassa va hisobotlar kompyuter yoki planshetda.

Bitta do'kon uchun oylik obuna. Filiallar va xodimlar soni cheklanmaydi.
Kassa sotuvni qurilmaning o'zida saqlab turadi va internet qaytishi bilan serverga yuboradi. Navbatdagi sotuvlar kassada ko'rinib turadi.
Har bir do'kon alohida bazada saqlanadi. Har kecha bazaning to'liq nusxasi egasining Telegramiga yuboriladi. Yangi qurilmadan kirishda Telegram'ga kod keladi.
Kassa uchun kompyuter yoki planshetda istalgan zamonaviy brauzer. Sotuvchilar telefonda ilovadan foydalanadi, uni o'rnatish shart emas. USB shtrix-kod skaneri va 58 yoki 80 mm chek printeri bo'lsa qulay, lekin majburiy emas.
Ha. Telefonlar va aksessuarlar Excel yoki CSV fayldan import qilinadi: shablonni yuklab olasiz, to'ldirasiz va yuklaysiz. Xato qatorlar oldindan ko'rsatiladi.
eTrust — telefon kafolatini IMEI bo'yicha qayd qiladigan tizim. Ulansa, sotilgan har bir telefon kafolat muddati bilan avtomatik yoziladi va mijoz uni onlayn tekshiradi. Buning uchun eTrust'dan do'kon kaliti kerak, tarif oyiga 75 000 so'm qimmatroq.
Chekni printerdan chiqarish yoki mijozga SMS bilan havola yuborish mumkin. Havola pros.uz/dokoningiz/chek/… ko'rinishida: mijoz chek, IMEI va kafolat muddatini telefonida ko'radi.
Muddat tugashidan oldin Telegram'ga eslatma keladi. Tugagach panel yana 2 kun ishlaydi, keyin to'lov qilinguncha yopiladi. Ma'lumotlar o'chmaydi.
Raqamingizni qoldiring: do'koningizni tizimda ochib beramiz, 2 kun bepul ishlatasiz. Qo'ng'iroq qilib, sozlashga yordam beramiz.
Bir ish kuni ichida qo'ng'iroq qilamiz.